AHLI IYMON!

Èíôîðìàöèÿ î ïîëüçîâàòåëå

Ïðèâåò, Ãîñòü! Âîéäèòå èëè çàðåãèñòðèðóéòåñü.


Âû çäåñü » AHLI IYMON! » Farzandlarimiz KUNDALIGI » Abbosning kundaligi


Abbosning kundaligi

Ñîîáùåíèé 1 ñòðàíèöà 6 èç 6

1

Kundalikka kelishdan oldin o’g’lim tug’ilguncha bo’lgan narsalar haqida yozsam.
Homiladorlik vaqtimda bolanin rivojlanishi, undagi o’zgarishlar rosa mani qiziqtirardi(medisinani yasxhi ko’raman),shu sabab bilan internetda online videolar ko’p ko’rardim va poiskovaya sistemalada ko’p narsalar qidirardim.Shunday qilib,homiladorlik vaqtimda ham homiladorlikka tegishli,bola tug’ilishi,1 yoshgaha gigienasi,emaklashi,yurishi,o’yinchoqlari,hulas shu kabi kerakli mavzulardagi videolarni internetdan tortib oldim(hoz o’ziyam 30Gb). To bolam tug’ilguncha unga qilinishi kerak bo’lgan deyarli hamma narsani o’rganib bo’ldim,qaynonam kelganlarida ulardan soraydigan narsam ham qolmagandi.
Bir hadis borki,homila 120kun bo’lganda unga rux puflanadi va uning taqdiri bitiladi mazmunida,shuni o’qib, bolamni solih,taqvodrolarga peshvo bo’ladigan, Rasulullohga ergashadigan,hulqi chiroyli mo’min qilishini ko’p so’rardim,Alhamdulillah o’g’lim behuda yig’layvermaydigan,mo’minqobil farzand bo’lib dunyoga keldi.

ABBOSNING KUNDALIGIHomiladorlikning 7chi oyidan keyin  hamir emaslikni maslhat berar edim,man o’zi yemasdan,ayrim sabablar bilan vitamin bolar ekan deb 2 haftacha yegan edim,bolamning vesi naq 800gr ga oshib ketti 9chi oyda, shunday qilib, o’g’lim 22 avgust, 2008 yilda 3800gr tug’ildi, bo’yi 54 sm.

1 chi oy

Mashqlar
Videolardan o’rganib mashqlar boshladik.Qo’llarini yonga,tepaga,qaraman qarshi tomonga qilib o’ynaymiz.Oyog’ini velosiped.qoringa ozgina bosish(dam bo’lsa chiqib ketishi uchun) qilib o’ynaymiz.Adasi qo’lidan va oyogidan ko’tarib har hil harakatlar qildiradilar.Man tovoniga qolimni tirayman,oyog’ini bukib, u oldinga harakat qiladi. Dumalaymiz mashqini qilamiz,oyog’idan sekin o’ngga va chapga dumalataman,rosa shuni yaxshi ko’rar edi,shunchunam 1 oylik bo’lmasdan o’zi qornidan dumalab olardi(ko’pincha,har doim ham emas). Bqrmolari orasiga bosh barmog’imni qo’yib, ko’tarib,oldinga orqaga o’ynataman, shundan barmoqlari bilan ushlashni o’rgandi.Qornda yotqizib,ikki oygini uzunisiga qilib,kuragidan 1ta qo’limda ushlab,ikki oyog’ini tepaga ko’taraman,buniyam rosa yaxshi ko’radi.

Kunlik o’zgarishlar
Birinchi 5 kunlikda ko’zini ko’p ham ochmaydi, judayam ko’p vaqt uxlaydi. Ovqatlanadi va uxlaydi, uyqusida rosa kuladi,ovoz chiqmaydiku, yuzidan bilinadi. Shu vaqtdan ovozga o’rgatsa bo’ladi, maruzami, nasheedlanimi qo’p-qo’yish va shu ovoz bor joyda uxlatish kk. 15 kunligida ko’zlarini yaxshi ochadi, o’yinchoqni tepasida o’ynatsangiz qaraydi, o’ngga chapga o’tkazsam, sekin ovozidan topib qaraydi. 20 kunligida mani tanishni boshladi,yo’q bo’lib qolsam sekin harakatlar bilan chapga, o’ngga qaraydi, to kelmagunimcha shunaqa qidiraveradi.Kulishni boshladi, unchaligam ovoz chiqarmaydiku, lekin tabassum qiladi.Qornig yotqazsam yon tomoniga dumalab oladigan odat chiqargan edi.Oy oxiriga brib boshni yashi ushlaydigan bo’lgan, charchab qolish odati bor, chuni hali boshni ko’tarish qiyin.

Rejimga o’rgatish
Boshida bolani rejimiga o’zim moslashishni boshladim,kecki payt 8lada uxlab,ertalab 6larda uyg’onar edi.Bolani rejimiga o’zim moslashishim sababi, u hali harakat ko’p qilmasdi,asosan yotgani uchun tez charchab tez uxlaydi,uni kop o’ynatib o’tira olmasdim.Rejimga bir oyliklardan keyingina o’rgatishni boshladim.

Kindik
Kindigi 12 kunlikda tushdi,shunda ham osti suvlab turar edi.Kindik joyi hafvi narsa ekanki,u bitmasidan cho’miltirihs mumkin emas,unga narsa tushishi mumkin emas, chunki bolaga o’sha joydan infeksiya bemaloll kirib borar ekan.

Gigienasi:
-Chiniqtirish

25 kunlik bo’lguncha haftada 1 yo 2 martadan cho’miltirdik, 25kunlikdan so’ng(uydigila ketishganda,ula judayam asrashadi shamollamasin deb), kun ora chomiltira boshladim. Birinchi cho’milganda ozgina yig’lagan edi,13 yo 14kunlikda cho’miltirganmiz,kindigiga tegizmasdan.Ko’zni achitmaydigan Body Wash olgan edik,bemaloll cho’miltirar edim.Sal keyinroq cho’miltirganimda kulib,mazza qilar edi. Cho’miltirgandan keyin tezda emizish noto’g’ri ekan, 30min kutish kerak ekan kamida, man har safar cho’milgandn keyin ovqatlantirganimdan cho’milishdan chiqishi bilan yig’lar edi, keyinchalik avvalgi ovqatlanishidan o’z 2 yo 3 soat ot’gandan keyin ovqatlanib,cho’milgandan keyin yig’lamiy qo’ydi. Birinchi sochiqqa hamma yog’ini o’rar edim,keyin boshini tagini quruq bo’lguncha artaman,5-10 mincha sochiqqa o’rab qo’yaman,to qurib,qotguncha, keyin kiyimlarini kiygizaman.O’g’lim cho’milgandan keyin kuchga kiradi,ana o’ynashni boshlaydi.
Har kun uxlashdan oldin 2 mahal boshida 10mindan,keyin ko’paytirib 30mingacha yalang’och yotadi, shunda qo’lalrim bilan silab massaj qilaman.
-Kiyimlari
Kiyimlarini har kun,xatto 2 martadan almashtirar edim,chunki ovqatlangach qayt qilish odati bor edi, avval bilmagan ekanman,shu vaqtdan ham oldiga so’lakcha taqish kerak ekan. Kiyimlarini albatta issiq suvda va bolalar sovunida yuvish kerak.

Muammolar
Ko’chaga chiqa boshlaganimizda yuziga qizil narsa toshdi, bu bolaning yangi havoga chiqqandan ekan, oddiy krem bilan tez tuzalib ketdi.HAr ovqatlangandan keyin qayt qilardi, shunhun uni tikka ko’tarib, pampersini teparoq qismidan kaft bilan sekin urish kerak ekan 5 mincha, kekirgandan so’ng qayt qilishi kamayadi yo umuman qilmaydi keyingi ovqatlanguncha.

Ko’chada sayr
40 kundan keyin kolyaskada ko’chaga chiqardik. Bir joyga borgach, qo’limga ovolib, atrofni aylantirib gapirar edim, bu daraxt, anavi qush, bu baliqlar deb, tez charchardi,30mincha aylanib uxlagisi kelardi. Keyinchalik ko’chaga chiqsak asosan uxlaydigan bo’ldi.

Onaning ovqatlanishi
Mani ovqatanishim bolamga katta ta’sir qiishini bilib,ich qotiradigan, qorin dam qiladigan va allergiya toshradigan narsalar yemas edim. Issiq choy orniga sovugan kipitok ichardim, har ovqatda yo sabzavot yoki meva yer edim. O’g’limning qorni hech dam bo’madi Alhamdulillah va qotmadi ham.

0

2

2 oylik 1chi hafta
Mashqlar.
Birinchi oydagi mashqlar va yana 1ta qo’shimcha,spinada yotib,oyog’imni 90da o’zimga tomon bukib,ustiga Abbosni qo’yaman va har hi ovozla bilan(oppa,hoppa va hkz) ozimga tortaman,shunda oyogi bilan oyog’imni itaradi. Shundan keyin oyog’I bian itarib harakatlar qilishni o’rgandi.

Kunlik o’zgarishlar
Qo’liga narsa bersangiz, barmoqlari bilan ushlashga harakat qiladi, o’ziz yordamlashsangiz barmoqchalari bn siqib ushlab oladi. Devor(aboyli,oxakli emas) yoniga yotkazsangiz, devorni qo’llari bn silaydi. O’zicha o’rganmoqchi bo’ladi. Sharni shishirib,ikki qo’lini orasiga qo’ysangiz(1-2 kun oldinroq shirsangiz yumshab qoladi,yorilmaydi) qo’llari bn siqadi va og’ziga solmoqchi bo’ladi. Shu haftadan har hil ajoyib qiliqlari chiqa boshlaydi, misol uchun lablar bn puflab hamma yoqni tufakchalar qilib tashlashi mumkin yoki boshqa odatlar. Oyog’i bn qorniga ag’darsangiz boshini ancha yashi ushlaydi, yiqilib ketavermaydi. Tekis va qattiqroq joyga yotkazsangiz(albatta tagida bir narsa bo’lishi kerak) oyoqlari bilan itarib-itarib yuqoriga chiqib oladi, ayniqsa yalong’och yotsa, man yalong’och yotkazib karavatni pastki qismiga qo’ysam 5 minut o’tmasdan karavatning tepasiga chiqvoladi.O’yinchoqlarni yaxshi ko’radi, lekin juadayam hursand bo’lib ketmaydi. Rosa cho’milishni yaxshi ko’rib qolgan,vannachasidagi suvlarni tashqariga chiqarib tashlaydi tipirchilaganidan.

Îòðåäàêòèðîâàíî muslima_subh (2008-12-12 07:43:16)

0

3

2 oylik 2chi hafta
O’zi o’ng va chap tomonga o’girilib yota oladi, ya’ni yonboshlab yota oladigan bo’ldi. chaqirsam man tomonga o’girilib qaraydi,otini bilmasayam ovozni yaxshi taniydi va tez reagirovat qiladi. Sal yordamlashsangiz qorniga dumalab oladi va boshini tikka tutib turadi. O’yinchoqlarni ko’rsatsangiz judayam hursand bo’lib, har hil ovozlar chiqarib, ko’zlari o’ynab qarab turadi. Kunduzi har 2 soatda 15-20 mincha uxlab oladi.
Qolgan haftalarda ham asosan shu o’zgarishlar.
2chi oy oxirida negadir oyog’idagi bosh barmog’I yiringladi,doctor dori yozib berdi krem bilan, lekin u uncha yordam bermadi,aksincha,shirinlikka qo’shib berganidan o’g’limning ichi birinchi marta 4 kunda bir marta keldi, qo’rqib kettim. Sho’r suvga vanna qilib, krem suraman kechqurun uxlaganda, kuniga 2 mahal vanna qilaman.

0

4

3 oylik 1chi hafta
O’g’lim gaplarimni tushuna boshladi, otini aytib chaqirsam qaraydi, manga qara, mani top desam mani qidiradi va hkz.O’ng va chap tomoniga burilib yotib oladi.O’yinchoqlarga judayam qiziqadi, agar yig’lasa bemalol o’yinchoq bilan ovuta olaman.Hamma yangi narsaga qiziqish bilan qarayd, oddiy kosadan tortib bakajkagacha,ko’rsatsam rossa qiziqib qaraydi. Qorinda yotishni yaxshi ko’radi, oyoqlarini emaklash uchun mashq qildirsam, hursand bo’p ketadi, oldinga rosa yuradi, uyimizani ko’p joyidagi o’yinchoqlar oldiga shunaqib borib kelamiz. Shu hafta og’zini ochib uxlashni boshlagan edi, so’ska bergandim,endi so’skani yaxshi ko’rib qogan, avvallari emishni bilmasdi,bir kunda o’rganvoldi. Boshini yaxshi ushlaydi, qornida yotsa tikka tutadi, lekin ko’p yotsa boshi og’rib qoladi.
Tomog’I og’ridimikin deb doktorga borsak, uy issiqligidanmi,hulas tomog’I qurib ketgan ekan,shundan keyin uyga idishda suv qo’yadigan bo’dim
Uyimiz temperaturasi ortacha 22C, o’zini esa 31Cli iliq suvda cho’miltiraman.

0

5

3 oylik 2chi hafta
Biror narsani ko’rsa o’zi qo’li bilan ushashni boshladi, qornida yotqizib oldiga o’yinchoqlarini qo’ysam, darrov egilib, qo’li bilan ushlab so’rishni,tili bilan yalashni boshlaydi, nima qo’liga tushsa og’ziga soladi, yalab ko’radi. Yoniga nima qo’ysam, sochiqchasimi,so’skasimi,darrov qo’liga ushlab,og’ziga soladi,yengini uzunroq qilsam yengini ushlab yotadi, hulas yonida nima bo’lsa tortadi. Qorniga dumalagisi kelib,yoniga yonboshlab harakat qilishni boshladi, lekin kuchi yetmaydi. Qornida bemalol ko’p vaqt yota oladi, boshi og’rimaydi. Bir joyda spinada yotsa aylanadi, sekin-sekin qimirlab soat strelkasidek aylanadi, yoki yonbosh tomoniga qarab suriladi, nima qiziqroq narsa ko’rsa shu tomonga borgisi keladi va suriladi. Qornida yotqizib, sal uzoqroqqa o’yinchoqlarini qo’ysam, jon-jahdi bilan sudralgisi kelib baqiradi, rosa harakat qilib, 1smcha surilishi mumkin, shu paytda man unga emaklashni mashq qildiraman, o’yinchoqqa yetkanda undan hursand odam yoq, darrov egilib yalashga tushadila. Bir o’zi qolish nimaligini ancha bilvogan, o’zini karavatga yotqizib, bu yoqda bir ish qib yursam indamiydi, chunki u yoqdan bu yoqqa o’tib yuraman, lekin komputerda o’tirsam hafa bo’gandek yig’lagan ovozni chiqaradi, birga o’ynaylik deb : ).
Hafta oxiriga borib, 3 marta o’zi qorniga dumalab oldi. Ovqatlanayotganimizda, adasini tizzalarida boshini qo’yb yotgandi, bir vaqt xontaxtani tagiga kirib,qo’li bilan ushlab biiir ko’tardi, ovqatimiz to’kilib ketiy dedi. Qo’l bilan ushlashi rosayam yaxshi, ko’rpachalarini o;ziga tortib olaveradi. Sal uzoqroqda o’ynchiq tursa, sekin oyoqlarini bukib ko’tarilishni boshlaydi, ikkita tirsagiga tayanib, lekin sudrala olmaydi. Rosa baqiradigan odat chiqargan, ovozla chiqarib mazza qiladi, ayniqsa adasi o’ynatganlarida biram hursand bo’ladiki, mani esidan chiqarib yuboradi.

0

6

3 oylik 3 hafta
Qoringa o’zi bemalol dumalab oladi, uni yanayam tezlatish uchun yoniga biror material qo’yib qo’yaman, huddi uni tortib turgandek ushlab olib dumalaydi. Bir joyda rosa aylanadi. Shu haftadan ishtonchada o’tdik, shu vaqtgacha oz-oz to’sardim, endi ko’paytirdim, ishtonchada yotadi,ko’chada pampers ishataman. Klenka ustida yotsa, aylanib, dumalab, klenkaniyam o’ynashni boshlaydi. Hali ham kuniga 2 mahal emaklashni mashq qilamiz, mashqda oyog’ini ko’tarib emaklashga ancha harakat qilyapti. Ikki qo’li yerda, man oyog’ini  bukmasdan to’g’ri qilib, tepaga qiya ko’taraman, shndan gavdasiniyam ko’tarishni o’rganyapti.Oldiga o’yinchoq qo’ysam, darrov oyog’ini bukib oladi,emaklamoqchi bo’lib, o’tgan haftadan ancha gavdasini ko’taradi. Karavatda yotganda tepasiga ip boylab, sharni osib qo’yaman, qo’llari bilan rosa o’ynaydi, shundan narsani o’zi ushlab olishga o’rgandi, misolchun o’yinchoqlar ichida o’ziga kerelisiga qo’l uzatib, olvoladi.
Shu haftadan boshlab kunduzi har 3 soatda 15-30 min uxlaydigan bo’ldi. Ovqatlanish orasi 3 soat, undan kam vaqtda o’yin qiladi, umuman ovqatlantirib bo’lmaydi.

davomi bor….

0


Âû çäåñü » AHLI IYMON! » Farzandlarimiz KUNDALIGI » Abbosning kundaligi